SSKA 18 yoshli hujumchini o'z safiga qo'shib oldi

18 yoshli hujumchi Lassan N’Diay SSKA futbolchisiga aylandi.

Moskva klubi malilik futbolchi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

N’Diay faqatgina keyingi transfer oynasi davrida yangi jamoasida “zayavka”dan o'tib, rasmiy o'yinlarda maydonga tushishi mumkin.

Ilgari futbochli o'z yurtida “Guidars” jamoasi sharafini himoya qilgan. 17 yoshli o'smirlar o'rtasidagi JCHda u Mali terma jamoasi tarkibida 7 ta uchrashuvda 6 ta gol urishga erishgan.


Manba: ЦСКА расмий сайти

O'xshash yangiliklar