Coca Cola Superligasi. Bugun "Metallurg" - "Navbahor", AGMK - "Mashal" o'yinlari bor

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2020
Bugun Coca Cola Superligasining 6-turidan o'rin olgan so'nggi ikki uchrashuv bo'lib o'tadi.

Coca Cola Superliga. 6-tur
27 iyun, shanba
19:00 METALLURG – NAVBAHOR
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Bu jamoalar hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 46 marta to'qnash kelishgan. 20ta o'yinda "lochinlar", 13ta uchrashuvda "Metallurg" g'olib bo'lgan. Yana 13ta bahsda tomonlar durang qayd etishgan.

Bekobodda o'tgan oxirgi 10ta o'yinning faqat bittasida "Navbahor" 3 ochko egasiga aylangan. "Navbahor" Bekobodda o'tgan so'nggi 4ta uchrashuvda umuman gol ura olmagan.




Coca Cola Superliga. 6-tur
27 iyun, shanba
19:00 AGMK – MASH'AL
Hakamla
r: Asker Najafaliev, Sultonmurod Ulfatov, Sardor Nishonboev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Ramil Ilyasov.

Bu jamoalarining o'zaro uchrashuvi tarixiga nazar tashlasak, bunga qadar barcha musobaqalarda jami 18 o'yin o'tkazilgan. Bu borada ustunlik muborakliklar tarafida. AGMK 5 g'alaba, "Mashal" 9 yutuqqa erishgan. Qolgan 4 uchrashuv durang bilan tugagan.

"Mashal" safarda bu raqibni ikki marta (2015 va 2008 yillarda) mag'lub eta olgan. AGMK o'z uyidagi so'nggi ikki uchrashuvda bu jamoani ikki bor mag'lub etgan.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia