Coca Cola Superligasi. AGMK so'nggi soniyalarda gol urib, "Nasaf"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2019
Coca Cola Superligasi 21-turidan o'rin olgan AGMK - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yining natijasini onlayn kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

 O'yin boshlandi.  10-daqiqada chap qanotdan tashkil etilgan hujumni Shahzodbek Nurmatov birgina to'pga teginish bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0!

25-daqiqada "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshirdi. G'anievning yo'llagan zarbasini qaytargan Suhrob Sultonov to'pni bartaraf etish chog'ida raqib bilan to'qnashdi va unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

27-daqiqada Elguja Grigalashvilining darvoza tomon tepgan zarbasini Ne'matov katta qiyinchilik bilan qaytarib yuborishga erishdi. Qaytgan to'pga esa Elguja biroz kech qoldi.

34-daqiqada Bobir Abdixoliqov hisobni tenglashtirdi - 1:1.

40-daqiqada Murod Toshmatovning zarbasini Ne'matov qaytarib yubordi.

90+5-daqiqada Erkin Boydullaev mehmonlar darvozasiga gol urdi - 2:1. 

O'yinda AGMK 2:1 hisobida zafar quchdi. 




18:15 - AGMK – NASAF 2:1
Hakamlar: Asker Najafaliev (Toshkent), Rasuljon Fozilov (Namangan), Maksim Nexochin (Toshkent), Abdurashid Xudoyberganov (Toshkent)
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov (Farg'ona)
Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Shahzodbek Nurmatov 10, - 1:0. Bobir Abdixoliqov 34, - 1:1. Erkin Boydullaev 90+5, - 2:1.

AGMK - 32.Suhrob Sultonov - 23.Akmal Shorahmedov, 88.Igor Zonich, 33.Sardor Rahmonov, 31.Saydullo Rahmatov - 3.Erkin Baydullaev, 5.Dilshod Jo'raev, 30.Jasur Umarov - 17.Murod Toshmatov (8.Sanat Shixov, 65), 99.Shahzod Nurmatov (9.Zafar Polvonov, 63), 7.Elguja Grigalashvili (97.Jasur Yaxshiboev, 80).
Zaxira: 12.Roman Abdulov, 4.Mirjamol Qosimov, 15.Jasur Hakimov, 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 44.Boburbek Yo'ldoshev, 77.Vladislav Kasminin.

"Nasaf" - 35.Abduvohid Ne'matov, 4.Husniddin Aliqulov (5.G'olib G'aybullaev, 58), 6.Aziz G'aniev, 8.Dilshod Saitov (17.Doniyor Narzullaev, 58), 9.Humoyun Murtazoev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Sardor Abduraimov (22.Akmal Mozgovoy, 70), 28.Xurshid Muxtorov, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Mashhurbek Muhammadjonov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov, 16.Alisher Yusupov, 27.Islom Rashidxonov, 30.Xudoyorxon Sag'dullaev.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia