Coca Cola Superligasi. 25-tur diskvalifikaciyalari: "Bunyodkor", "Olimpik" va "Qizilqum" 2 nafardan yo'qotishga ega

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022
O'zPFL bugun start oladigan 25-turda diskvalifikaciyaga uchraganlar ro'yxatini e'lon qildi.

Unga ko'ra bo'lajak turni "Bunyodkor", "Olimpik" va "Metallurg"ning 2 nafardan futbolchisi o'tkazib yuboradi. "Navbahor", "Dinamo", "Qo'qon-1912" va "Paxtakor"dan esa 1 nafardan o'yinchi maydonga tusha olmaydi. Qo'qonliklar bosh murabbiyi Davron Fayziev diskvalifikaciya qilingani bois 25-turda jamoasiga yordam bera olmaydi.

25-tur diskvalifikaciyalari:

Yovan Jokich ("Navbahor")

Farruh Ikromov ("Bunyodkor")

Jasur Yoqubov ("Bunyodkor")

Oybek Nurmatov ("Dinamo")

Artyom Davletov ("Olimpik")

Shahzod Toirov ("Olimpik")

Xudoyshkukur Sattorov ("Metallurg")

Abror Toshqo'ziev ("Metallurg")

Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")

Aleksandar Stanisavlevich ("Qizilqum")

Boburbek Yo'ldoshev ("Qizilqum")

Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912")

Davron Fayziev ("Qo'qon-1912")



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz