Coca Cola Superligasi. 23-tur diskvalifikaciyalari: "Dinamo" 4, "Qizilqum" 3 ta yo'qotishga ega

Sherzod Nurmatov
24 okt 2022
O'zPFL bugun start oladigan 23-turda diskvalifikaciyaga uchragan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Unga ko'ra bo'lajak turni "Dinamo"ning 4 nafar futbolchisi o'tkazib yuboradi. "Qizilqum" 3 nafar o'yinchi xizmatidan foydalana olmaydi. "Lokomotiv"ga  2 nafar futbolchining yordami tegmaydi. "Metallurg", "Olimpik", "Nasaf", "Surxon" va "Bunyodkor"dan esa 1 nafardan o'yinchi maydonga tusha olmaydi.

23-tur diskvalifikaciyalari:

Akmal Ortiqov ("Metallurg")

Bobur Yo'ldoshev ("Qizilqum")

Dilshod Jo'raev ("Qizilqum")

Temurxo'ja Abduxoliqov ("Qizilqum")

Xurshid Muxtorov ("Lokomotiv")

Jasur Jaloliddinov ("Lokomotiv")

Farruh Muxtorov ("Olimpik")

Mixaylo Yovanovich ("Dinamo")

Erkin Baydullaev ("Dinamo")

Shohruh Abdurahmonov ("Dinamo")

Marat Bikmev ("Dinamo")

Umar Eshmurodov ("Nasaf")

Nuriddin Hasanov ("Surxon")

Avazbek O'lmasaliev ("Bunyodkor")



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz