Coca Cola Superliga. Bugun "Surxon" "Metallurg"ni qabul qiladi

Narzulla Saydullayev
20 may 2023, 07:08
Bugun Coca Cola Superliganing 11-turidan o'rin olgan ikkinchi bahs bo'lib o'tadi.

Toshkentda "Surxon" Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. 

Ayni paytda "Surxon" 9ta o'yindan keyin 12 ochko to'plab musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. "Metallurg" hisobida 9ta o'yindan so'ng 7 ochko bor va klub 12-o'rinni egallab turibdi.



"Surxon" - "Metallurg"
20 may 2023 yil. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 19:30
Bosh hakam:
Akobirxo'ja Shukurullaev
Yordamchilar: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Umidjon Rahimov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Qudrat Madraimov



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia