Coca Cola Superliga. “Navbahor” “Buxoro”dan ustun keldi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2020
Coca Cola Superligasining 5-turidan o'rin ogan “Navbahor” – “Buxoro” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca Cola Superliga. 5-tur
20 iyun, shanba
19:00. “Navbahor” – “Buxoro” 2:0
Hakamlar:
Viktor Serazitdinov, Aleksandr Sidorov, Avaz Abdullaev, Axmad Ergashev
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Axmed Tillaev

Gollar: Ivan Solovyov 7, - 1:0. Azizbek Turg'unboev 88, - 2:0 (Ruslan Bololv).

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 5.G'iyos Komilov, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov (25.Shohruh Mahmudhojiev, 65), 11.Islombek Isoqjonov (10.Azizbek Turg'unboev, 46), 19.Mirzohid G'ofurov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 33.Tohirjon Shamsitdinov, 70.Abbos G'ulomov (88.Ruslan Bolov, 55), 95.Zabihillo O'rinboev (8.Javlon Ibragimov, 70).
Zaxira: 23.Dilshod Hamroev, 15.Obid Jo'raboev, 20.Amirbek Jo'raboev, 28.Xurshidbek Muxtorov, 72.Pavel Golishev, .

"Buxoro": 25.Shohjahon Nasimov, 4.Mirjalol Jumaev, 5.Boburjon Amanov, 9.Jasur Hakimov, 16.Jasur Hasanov, 23.Behruz Shodmonov, 26.Abror Xusinov (7.Suhrob Ne'matov, 69), 28.Ergash Ismoilov, 40.Azizbek Amonov (11.Zohir Pirimov, 69), 60.Bobur Farhodov, 77.Izzat Abdullaev (17.Behruz Sadilloev, 78).
Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 91.Zafar Safoev, 19.Bekzod Sayidov, 21.Abbosbek Jumaqulov, 29.Shahzod Beshimov, 98.Solibek Karimov. 

Ogohlantirishlar: Tohirjon Shamsitdinov 18, Abror Xusinov 20, Ivan Solovyov 28, Azizbek Turg'unboev 46,




Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

YANGILASH



90+2. Uchrashuv yakunlandi. "Navbahor" - "Buxoro" 2:0

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  Azizbek Turg'unboev 19 metrlar chamasi uzoqlikdan buxoroliklar darvozasini aniq nishonga olib, hisobdagi farqni oshirdi - 2:0

78. O'zgarish. "Buxoro". Izzat Abdullaev o'rniga Behruz Sadilloev 

75. ZARBA! Azizbek Turg'unboevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

70. O'zgarish. "Navbahor". Zabihillo O'rinboev o'rniga maydonga Javlon Ibrohimov tushdi.

69. O'zgarish. "Buxoro". Abror Husinov o'rniga Suhrob Ne'matov, Azizbek Amonov o'rniga Zohir Pirimov maydonga tushishdi.

65. O'zgarish. "Navbahor". Ivan Solovyov o'rniga maydonga Shohruh Mahmudhojiev tushdi

61. ZARBAAAAAAAAAAAA! Izzat Abdullaevning kuchli zarbasidan keyin to'pni O'tkir Yusupov qaytardi! Ajoyib seyv! 

55. O'zgarish. "Navbahor". Abbosjon G'ulomov o'rniga Ruslan Bolov maydonga tushdi.

55. ZARBA! Azimjon Ahmedovning jarima zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon Shohjahon Nasimov ushlab oldi.

46. Azizbek Turg'unboev ogohlantirildi.

46. O'zgarish. "Navbahor". Islombek Isoqjonov o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:0

45. Uchrashuvning 1-bo'limiga to'xtalishlar uchun 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. UXXXXX! G'iyosjon Komilovning bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

36. Xavfli vaziyat! Maydon markazida Aziz Omonov to'pni raqibdan olib qo'ydi va hujumni rivojlantirdi, u to'pni Hakimovga uzatdi, Jasur jarima maydoni ichidan yaxshi zarba bera olmadi

28. Ogohlantirish. "Navbahor". Ivan Solovyov

27. ZARBAAA! Azim Ahmedovning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

23. UXXX! Islombek Isoqjonovning zarbasidan keyin, to'p darvoza ustni yonidan o'tib ketdi.

20. Ogohlantirish. "Buxoro". Abror Xusinov

18. Ogohlantirish. "Navbahor". Tohirjon Shamsitdinov

10. ZARBA!  Islombek Isoqjonov darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Lekin uning zarbasidan so'ng, to'pni Shohjahon Nasimov qaytardi.

7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ivan Solovyov raqib himoyachilari to'pni qaytarishdi, qaytgan to'pni Solovyov erga tushirmasdan darvozaga joylab qo'ydi! Ajoyib gol - 1:0!

1. Uchrashuv boshlandi




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia