Coca-Cola Superliga. "Dinamo" o'z uyida "Buxoro"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Tolibjon Qosimov
27 avg 2019
Coca-Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 3-daqiqada Azimov Safarovni yakkama-yakka holatga chiqardi, ammo zarbani darvozabon qaytardi. 8-daqiqada Amirjon Safarov ketma-ket ikkinchi marta yakkama-yakka vaziyatni golga aylantira olmadi.

16-daqiqada Botirali Ergashev yakkama-yakka vaziyatda Sardor Sulaymonovdan to'pni olib qo'ydi.

38-daqiqada Nasimov Abdurahmonovni yakkama yakka vaziyatga chiqardi. Bu safar Rahimjon Davronov muqarrar golni qaytardi.

43-daqiqada Davronov bu safar Mirkomil Lokaev zarbasini qaytardi. 

68-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni jarima maydonidagi pala partishlikdan so'ng Andrey Sidorov darvozaga kiritib hisobni ochdi, 0:1. 

70-daqiqada qarshi hujumdan so'ng Salamat Qutiboev gol urdi, 0:2. 

73-daqiqada Sardor Sulaymonov mezbonlar darvozasiga uchinchi golni urdi - 0:3. 



Coca-Cola Superliga, 18-tur

27.08.2019, 17:00

"Dinamo" - "Buxoro" 0:3

Hakamlar: Akobir Shukurullaev, Rustam Fozilov, Maksim Nexochin, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Andrey Sidorov 68, - 0:1. Salamat Qutiboev 70, - 0:2. Sardor Sulaymonov 73, - 0:3.

"Dinamo": 1.Botirali Ergashev, 2.Mirkomil Loqaev, 4.Hakimxon Alamxonov, 6.Akmal Xolmurodov, 7.Jasur Azimov, 10.Amirjon Safarov, 11.Qadamboy Nurmetov, 14.Bahodir Nasimov, 16.Bobur Qosimov, 18.Abbos Shodmonov, 34.Shohruh Abdurahmonov.

Zaxira: 22.Shohruh Raimov, 24.Jasur O'rinov,  21.Damir Temirov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov,23. Sardor Eminov, 28.Obidjon Hakimov, 20.Siroj Hamroev, 26.Komil Sharofutdinov, 44.Dilmurod Karimov.

"Buxoro": 35.Rahimjon Davronov, 5.Bobirjon Amonov, 8.Salamat Qutiboev, 9.Asadbek Sobirjonov, 14.Sardor Sulaymonov, 23.Behruz Shodmonov, 28.Ergash Ismoilov, 30.Jaba Lipartiya, 71.Andrey Sidorov, 80.Milovan Kapor, 81.Fatxullo Fatxulloev.

Zaxira: 25.Shoxjahon Nasimov, 4.Mirjalol Jumaev, 60.Vili Isiani, 22.Behruz Sadullaev, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 44.Asiljon Begimqulov, 72.Davronbek Umirov, 87.Anvarjon Jo'raev, 88.Shaxzod Beshimov.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia