Coca-cola Superliga, Birinchi liga hamda U21 chempionatida qoldirilgan o'yinlar bor

Alisher
2 iyul 2022, 17:16
O'zbekiston U23 terma jamoasining Osiyo kubogidagi ishtiroki sabab Coca-cola Superliganing 11-turidan joy olgan ikki uchrashuv noma'lum muddatga qoldirilgandi.

Endilikda mazkur uchrashuvlar sanalari aniq bo'ldi.

Unga ko'ra, Jizzaxda kechishi kerak bo'lgan “So'g'diyona” - “Paxtakor” o'yini 6 avgust sanasida bo'lib o'tadi. “Dinamo” va “Nasaf” klublari esa Samarqandda 7 avgustda to'qnash keladi.

Shuningdek, Birinchi liga 13-turidan joy olgan “Aral” - “Navbahor-farm” hamda U19 chempionatining 11-turidan o'rin olgan “Metallurg U19” - “Buxoro U19” o'yinlari jamoalar iltimosiga ko'ra boshqa sanalarda bo'lib o'tadi. Yangi sanalar haqida O'zPFL alohida ma'lumot taqdim etadi.


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz