"Cincinnati" Yap Stamni iste'foga chiqardi

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Yap Stam "Cincinnati" klubi tomonidan iste'foga chiqarildi.

MLS klubining rasmiy sayti niderlandiyalik 49 yoshli mutaxassisning ishdan bo'shatilganini ma'lum qildi.

"Cincinnati" MLSning so'nggi uchta o'yinda mag'lub bo'ldi. Jamoa Sharqiy Konferenciya turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi.

Yap Stam 2020 yil may oyidan beri Amerika klubini boshqarmoqda. Niderlandiyalik murabbiy qo'l ostidagi jamoa 47 o'yinda 8 g'alaba, 12 durang va 27 mag'lubiyat qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, Yap Stam futbolchi sifatida "Manchester Yunayted", "Lacio" va "Milan"dagi o'yinlari bilan mashhur sanaladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fccincinnati.com