Chiro Immobile qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum
Alisher
17 apr 2023
Kecha “Lacio” hujumchisi Chiro Immobile avtofalokatga uchragandi.
U Lacio hujumchisi Chiro Immobile baxtsiz hodisa natijasida umurtqa pog'onasini shikastlab, qovurg'asini sindirib oldi va endi kamida 15 kunga safdan chiqdi. Shu tariqa, hujumchi “Inter” va “Torino”ga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi.