

“Avvalgi bahsda “SPAL” bilan qayd etilgan durangdan keyin o'zimizga kelib olishimiz qiyin bo'ldi. Barcha biz Superkubokdan keyin orqaga qarab ketayotganimiz haqida gapira boshladi. Ammo “Milan”ga to'rtta gol urish hammagayam nasib etmaydi.
Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib bora olamizmi? O'ylaymanki, biz to'g'ri yo'ldamiz. Bizda ahil jamoa yig'ilgan va biz bir birimiz uchun borimizni berishga tayyormiz”, deydi Immobile.



