Chililik jurnalistni chuv tushirgan taksichi qo'lga olindi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2017, 12:50
Chililik jurnalist Gaspar Mirandani "Domodedovo" aeroportidan Moskva markazidagi mehmonxonagacha 50 ming rubl evaziga eltib qo'ygan taksi haydovchisi qo'lga olindi.

Taksichi firibgarlikda ayblanmoqda. Moskvaga yetib kelgan chililik taksi xizmati narxlari bilan tanishdi va aldanganini bilib, policiyaga murojaat qildi.

"Qo'lga olingan shaxs Moskva viloyati fuqarosi ekan. U jurnalistni "Mersedes" avtomobilida mehmonxonaga olib borib qo'ygan. Hozir shubha ostidagi shaxs policiya bo'limida va ayni damda ko'rsatma bermoqda" - deyiladi Rossiya Ichki Ishlar Vazirligi rasmiy saytida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia