Chicharito MYUning eng katta xatosini aytdi

Mirjalol Normatov
31 may 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Xaver Ernandes "qizil iblislar"ni 2014-15 yillarda boshqargan murabbiy Devid Moyes haqida gapirdi.

"To'g'risini aytsam, men bir umr "qizil" bo'lib qolaman. Moyesga qarshi hech qanday shaxsiy adovatim yo'q, biroq uni bosh murabbiy qilib tayinlash - MYUning eng katta xatosi bo'lgan deb hisoblayman. Navbatdagi xatolar ham aynan birinchisi sababli sodir bo'ldi. 

Moyesning tayinlanuvi ayrimlarning faoliyatiga katta ta’sir o'tkazdi. Rafael, men, Uelbek va yana bir qancha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lib uchun jamoadan ketdik", - dedi Chicharito.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal