Chexiya termasi bosh murabbiyi Farer orollariga uchralgan mag'lubiyat ortidan ishdan haydaldi

Administrator
15 okt 2025
Yevropada JCH saralashini omadsiz o'tkazayotgan murabbiylar lazozimini tark etishda davom etmoqda.

Chexiyada milliy terma jamoa bosh murabbiyi iste'foga chiqarib yuborildi. Chexiya futbol uyushmasi JCH-2026 saralashida milliy jamoaning Farer orollariga mag'lubiyatidan (1:2) keyin terma ustozi Ivan Gashek bilan hamkorlikni yakunladi. Gashek 2024 yil yanvaridan beri Chexiya terma jamoasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Chexiya JCH saralash guruhida 7 o'yinda 13 ochko to'plab, 2-o'rinni egallab turibdi. Bir o'yin zaxirasiga ega bo'lgan Xorvatiya bilan farq 3 ochkoni tashkil etadi.


AdministratorMuallif
Manba: www.fotbal.cz