Chex debyutidayoq xokkey penaltisini qaytardi va o'yinning eng yaxshisi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
14 okt 2019
Chexiyalik taniqli kiper Petr Chex Gilford Feniks xokkey jamoasidagi debyutidayoq o'zini ko'rsatishga erishdi.

Suindon Vayldketsga qarshi kechgan uchrashuvning asosiy taymi 2:2 hisobida yakunlandi. Overtaymlarda esa hisob o'zgarmadi. Shu bois, g'olib nomi xokkey penaltisi yani bullit zarbalari orqali aniqlandi. Chex ushbu seriyada o'zini ko'rsatib, raqib tomonidan yo'llangan bitta shaybani qaytarib, jamoasiga g'alaba olib keldi. Uchrashuv yakuniga ko'ra esa u o'yinning eng yaxshi xokkeychisi deb etirof qilindi. 



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun

O'xshash yangiliklar