"Chernomorec" bosh murabbiyi: "Smorodin yaqin orada O'zbekiston terma jamoasi e'tiboriga tushadi"

Narzulla Saydullayev
23 fev 2017
Ukrainaning "Chernomorec" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Babich o'zbekistonlik darvozabon Sergey Smorodin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Sergey Smorodin - O'zbekiston yoshlar terma jamoasi posboni. Umid qilamanki, o'z harakatlari bilan milliy terma jamoa murabbiylari e'tiboriga tushadi. Uning kelajagi bor, chiziqda yaxshi harakat qila oladi, xatolari ham bor. Ularning ustida ishlash kerak. Sergeyni raqobatni kuchaytirish uchun jamoaga olib keldik, unda potencialni ko'rayapmiz", - deydi Babich klub rasmiy saytiga.

O'zbekistonlik darvozabon Ukraina klubiga o'tdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia