Cherchesov Jirkov haqida: "Menga bu poziciyadagi kuchli futbolchini ayting?"

Aslanov Jasurbek
5 apr 2021
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov "Zenit" himoyachisi Yuriy Jirkovning saviyasi haqida fikrini bildirdi.

- Jirkovda yosh o'z so'zini aytyaptimi?

- Yosh hammaga ta’sir qiladi. Yana bir narsani aytishim kerakki, Jirkov bizga Sloveniya bilan o'yinda haqiqatdan ham yordam berdi. U o'yinga to'liq holda tayyor bo'lmagan holatda ham foydasi tega oldi. Bu haqida uning xabari bor. Jirkov o'z vazifasini yaxshi biladi va bajaradi. Ushbu darajadagi futbolchilar o'yinda 5 daqiqa bo'lsa ham ta’sir qila olishadi. Mana shu fursatlar ko'p narsani hal qilishga yordam beradi. Terma jamoa may oyida tayyor bo'ladi, deb o'ylayman. Mazkur poziciyaga kuchliroq futbolchini ayting? Mana sizga qalam va qog'oz. Kim yaxshiroq ekanini yozing. 

- Samoshnikovga e'tibor berish qiziq bo'lar edi...

- Sabrli bo'ling. Men barchaning e'tiborini tushunaman. 

37 yoshli Jirkov mart oyida Rossiya terma jamoasining uchta o'yinidan ikkitasida maydonga tushdi. Joriy mavsumda "Zenit" libosida 13 o'yin o'tkazdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru