Cheran OCHLning qolgan o'yinlarini o'tkazib yuboradi

"Paxtakor" yetakchisi Dragan Cheran OCHL guruh bosqichining 3-turida jarohatga yo'liqqan edi.

Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, serbiyalik futbolchi yaqin 1 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi.

Bu "Paxtakor" uchun oddiy yo'qotish emas. Statistikaga qarasak, Toshkent klubi joriy yilda urgan gollarning 50 foiziga (5/10) aynan Dragan mualliflik qilgani ko'rinadi. "Sherlar" Cheran maydonga tushmagan so'nggi 7 o'yinning birortasida g'alaba qozona olishmagan (2 durang, 5 mag'lubiyat).

Shunday ekan, OCHLning oxirgi 2 turi oson bo'lmasligi aniq. "Sherlar"ni O'zbekistonda ham qiyin taqvim kutib turibdi (AGMK va "Nasaf"ga qarshi o'yinlar).


Manba: championat.asia