Chempionlik yo'lagi, to'yidan oldin to'p tepgan Sardor va so'zining ustidan chiqqan Masharipov GALEREYA

Tolibjon Qosimov
2 okt 2019, 16:07
Kecha "Paxtakor" Superliga 21-turida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi - 3:0.

Chempionat yakunlanishiga 6 tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirgan Shota Arveladze shogirdlariga kechagi bahsdan so'ng chempionlik kubogi topshirildi. "Sherlar"ning yirik g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Foto "Paxtakor" 3 yillik tanaffusdan keyin yana chempionlik kubogini ko'tardi GALEREYA

Foto: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Sardor Sobirxo'jaev bugun uylanmoqda. Kecha u to'yidan oldin gol urish uchun juda ko'p harakat qildi, buni juda xohlagani bilindi. Afsuski, birinchi bo'limdagi uchta qulay vaziyatdan foydalana olmadi.


O'yindan bir kun oldin "Championat.asia"dagi "O'yin kuni" dasturi doirasida "Paxtakor"ning ichki "oshxonasi"ni tasvirga tushirdik. Kechki ovqat paytida Jaloliddinni suhbatga chorladik va unda yarim himoyachi ertaga gol urishga yoki golli pas berishga harakat qilishini aytgandi. Ko'rib turganingizdek, Masharipov so'zining ustidan chiqdi.




"Sherlar"ning yirik g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat..asia