
Paxtakor garchi ketma-ket yutqazgan bo'lsada jamoadagi g'oliblik ruhi, mentalitetidan kelib chiqsak, chempionlik poygasida tabiiyki qatnashadi. Jamoaga ishtiyoq va azart qaytsa yana avvalgi salobatli Paxtakorga aylanadigandek.
Lekin kelasi tur jamoa uchun finalga teng. Chunki Navbahorning ehtimoliy g'alabasi Paxtakorni chempionlik poygasidan norasman chiqarib yuborish bilan birgalikda, jamoaning asl muammosini ko'rsatib berishi ham mumkin.
Hozircha muammo futbolchilarda yonmayotgan uchqun, yo'qolgan ishtiyoq va azart bilan bog'liqqa o'xshamoqda. Muhim va o'ta jiddiy bahs. Yo'qotishlarsiz ketayotgan va liga peshqadamiga aylangan Navbahorga qarshi o'yinga murabbiy jamoada yo'qolgan ishtiyoqni uyg'otishi kerak. Aks holda muammo boshqa joydan paydo bo'lishi va Paxtakor dastlabki 3 o'yindayoq yetakchidan 9 ochko ortga qolib ketishi ortidan savollar manzili o'zgarib qoladi.

Hozircha Paxtakor Shackix boshqaruvida Navbahorni yutgani yo'q. Buni amalga oshirish uchun esa bundan qulay fursat Maksda bo'lmasligi mumkin.
Superliganing 3-turi nafaqat Paxtakor yoki Navbahor uchun juda muhim, balki ligadagi asosiy intriga chempionlik poygasining burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.
Chunki Navbahor agarda Paxtakorni Toshkentda mag'lub etsa, unda chempionlik vazifasi vaqt masalasi aylanadi. Chunki chempionlik yo'lida Navbahorga faqatgina Paxtakor chinakam raqobat qilishga qodir yoki aksincha to'g'rirog'i.

Bronza medali uchun kurash esa ancha keskin kechadi va bunda hozirgi Bunyodkor yana kurashga qaytish potencialiga egadek taassurot qoldirmoqda. Neftchi ham medallar uchun kurashga qaytgandek. Nasaf yoki OKMK ham tabiiyki uchlikka kurashadi. Ammo bu uchlikning yangi va shaxsiy fikrimcha yaqqol favoriti paydo bo'ldi, bu - Olimpik.
Bu shunchaki ilk xulosalar. Chempionat uzoq va kim uchun mavsum qanday davom etishiga ham ko'p narsa bog'liq. Lekin hayolda aylanayotgan fikrlarimni shu yerda qoldirgim keldi.
Hamma narsa tugagach vaziyatga qarab tahlil qilish, fikr bildirishdan osoni yo'q. Lekin issig'ida tahlil qilib, imkoniyatlarni chamalash va to'g'ri baholash esa eng qiyini.
Kichik tajriba va jamoalarning hozirgi salohiyati shunday xulosaga bermoqda.
Ha aytgancha, ligada jon saqlash uchun pastki oltilik Surxon, Metallurg, Qizilqum, Turon, So'g'diyona va Buxoro o'rtasida yaxshigina raqobat bo'ladi.