“Chelsi”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum

Eldor Akmurzayev
8 fev 2023
“Chelsi” hali hamon “Inter” himoyachisi Denzel Dyumfrisga qiziqishini saqlab qolgan.

“Aristokratlar” rahbariyati yozda 26 yoshli niderlandiyalikni jamoaga olib kelish uchun yana bir bor harakat qilib ko'radi. Avvalroq, potencial transfer 40 mln evroga amalga oshishi aytilgandi.

Niderlandiyalikning “Inter” bilan shartnomasi 2025 yil iyunigacha amal qiladi. U joriy mavsum A Seriyada 18 bahsda qatnashib, 1+2 natijaga erishdi. Shuningdek, Dyumfrisga “Tottenxem” hamda MYU ham qiziqish bildirmqoda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Todofichajes