"Chelsi" Verner borasidagi hujjatlarni tayyorlab qo'ygan

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020
Jurnalist Fabricio Romaning yozishicha, "Leyptsig" va "Chelsi" Timo Vernerning transferi borasida kelishib olishgan.

"Hozircha rasmiy hujjatlar imzolanmagan, bu haqida "Leyptsig" direktori ma'lum qildi.

Biroq "Chelsi"ning Verner bilan kelishuvi bor. Klubdagilar uning kelasi mavsum "Stemford" brijda o'ynashiga ishonishmoqda. Hujjatlar tayyor turibdi", - deb yozadi Romano tvitterda.

Futbolchining transfer narxi 60 mln evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal

O'xshash yangiliklar