Rasman: “Chelsi” va Germaniya termasining sobiq a'zosi “Al-Ahli” safida tibbiy ko'rikdan o'tdi

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2020
Germaniyalik xavbek Marko Marin faoliyatini Saudiyada davom ettiradi.

“Crvena Zvezda” yarim himoyachisi 1,7 mln. evro evaziga “Al-Ahli”ga transfer qilindi. 

30 yoshli futbolchi Serbiya jamoasidan tashqari, “Borussiya M”, “Verder”, “Chelsi”, “Sevilya”, “Fiorentina”, “Anderlext”, “Trabzonspor”, “Olimpiakos” kabi klublar safida o'ynagan. 

Shuningdek, u Germaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi mundialda bronza medallari sohibiga aylangandi. 

Avvalroq, "Al-Ahli" OCHL saralashi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga potencial raqib bo'lishi mumkinliga haqida xabar bergandik. Faqat buning uchun "temiryo'lchilar" 21 yanvar kuni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasini engishi zarur hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/ALAHLI_FCEN