"Chelsi" Talyafiko bilan muzokaralarni boshlashga tayyor

Alisher
11 avg 2020, 12:50
"Chelsi" "Ayaks" himoyachisi Nikolas Talyafiko bilan shartnoma imzolamoqchi.

London klubi mavsumlar oralig'ida chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi va argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

"Ko'klar" 27 yoshli o'yinchini Ben Chilvell ("Lester")ning o'rniga xarid qilishi mumkin. Talyafikoga shuningdek "Barselona" va "Atletiko" klublari qiziqmoqda.

Futbolchi yakunlangan mavsum "Ayaks" libosida 38ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports