"Chelsi" "Sevilya" bilan Kunde borasidagi bitimga Zumani qo'shishi mumkin

Alisher
28 iyul 2021
"Chelsi" "Sevilya" o'yinchisi Jyul Kundening transferi ustida ishlamoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, London klubi bitimga fransiyalik himoyachi Kurt Zumani qo'shishi va "Sevilya"ga qo'shimcha pul to'lashi mumkin. "Ko'klar" tez orada Kundening transferini hal qilishlari mumkin.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, markaziy himoyachi "Chelsi" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.

22 yoshli futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano