

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi rahbariyati belgiyalik posbon sotishdan avval, unga o'rinbosar izlashni maqul ko'rmoqda. Oldinroq, "Everton" futbolchisi Jordan Pikford "Chelsi"da Kurtua o'rnini egallashi mumkinligi e'lon qilingan edi.
"Real" Kurtuadan tashqari, "Chelsi"dan Villianni ham xarid qilmoqchi. "Qaymoqranglilar" ikki futbolchi uchun 112 mln. evro to'lashga tayyor.



