Chelsi Payetga qiziqib qoldi, Vest Xem uni 60 million funtdan kamiga sotmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2016, 09:01
Vest Xem yarim himoyachisi Dimitri Payet Chelsi qiziqishiga sabab bo'ldi.

Ko'klar 29 yoshli Fransiya terma jamoasi a'zosini Evro-2016 boshlanguniga qadar sotib olishni istashgandi, deb xabar bermoqda Gianlucadimarzio.com.

Vest Xem futbolchini kamida 60 million funtga baholanmoqda. Fevral oyida u bolg'aurarlar bilan shartnmoasini 2021 yilgacha uzaytirgandi.

O'tgan mavsumda APLda 30ta o'yinda maydonga tushgan Payet 9ta gol urdi va 12ta golli pas berdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com