
Chempionlar ligasiga chiqish o'yinchilarga maoshga qo'shimcha taxminan 20% bonus berilishini kafolatlaydi.
London klubi APLda olti o'yin ketma-ket mag'lub bo'ldi va turnir jadvalida 48 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. Kelasi mavsum LCHga chiqish imkonini beradigan 5-o'rindan 10 ochko ortda. Shuning uchun "Chelsi" uchun Yevropaning asosiy klub turniriga chiqishning yagona imkoniyati - 6-o'rinni egallab, "Aston Villa" Liga Yevropasida g'olib bo'lishiga umid qilish.