"Chelsi" Naynggolan uchun 35 mln. evro taklif qildi, "Roma" 45 mln. evro talab qilyapti

Aslanov Jasurbek
11 apr 2016
"Chelsi" "Roma"ga yarim himoyachi Raja Naynggolan uchun 35 mln. evro taklif qildi.

Futbolchi xizmatlariga londonliklarning bo'lajak bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqib qolgan.

"Roma" o'z yarim himoyachisini 45 mln. evroga baholayapti, ammo ko'klar kelishuvga Ruben Loftus-Chik va Andreas Kristensenni qo'shishsa tomonlar kelishuvga erishishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Tempo