"Chelsi" "Manchester Siti" futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022
"Manchester Siti" futbolchisi Rahim Sterling faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, "Chelsi" 27 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida deyarli kelishuvga erishgan. Transferga Tomas Tuxel tomonidan ruxsat ham berilgan. U yangi mavsumda Rahimni jamoasida ko'rishni istayotganini ma'lum qilgan.

O'tgan mavsumda Sterling Angliya chempionatida 30 o'yinda qatnashib, 13 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano