"Chelsi" Loftus-Chikni Italiya klubiga taklif qildi

Оқил Абдубарноев
6 iyun 2022
Ruben Loftus-Chik faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Chelsi" "Inter" klubiga o'z yarim himoyachisini sotib olishni taklif qilgan.

"Aristokratlar" 26 yoshli futbolchi uchun 20 mln evro talab qilmoqda. "Neradzurri" bu summani juda katta deb hisoblasa-da, ingliz futbolchisini ijaraga olish masalasini ko'rib chiqishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Premer-liganing yakunlangan mavsumida Loftus-Chik 24 o'yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport