"Chelsi" La Ligadagi himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

Administrator
23 fev 2025
"Sevilya" markaziy himoyachisi Luak Bade faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin.

"Chelsi" 24 yoshli francuzni yozgi transfer oynasida xarid qilmoqchi. Qayd etilishicha, "ko'klar" Badening xaridi uchun 30 mln evro sarflashga tayyor.

Bade joriy mavsum "Sevilya" tarkibida La Liga va Ispaniya kubogi doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Himoyachining "Sevilya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt francuzni 25 mln evroga baholamoqda.


AdministratorMuallif
Manba: Fichajes