"Chelsi" Kaysedoning transferini yakunlashga yaqin

Aziz Tukhtamuradov
10 avg 2023
"Brayton"ning ekvadorlik yarim himoyachisi Moyses Kaysedo shu hafta oxirigacha "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Londonliklar mavsum boshlangunga qadar futbolchining transferini amalga oshirmoqchilar. "Chelsi" futbolchi uchun "Brayton"ga 100-115 million evro atrofida pul to'laydi. 

Kaysedo 2022/23 yilgi mavsumda "Brayton" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Transfermarkt portalida futbolchining narxi 55 million evro qilib belgilab qo'yilgan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian