Chelsi Eto’Oga yiliga 5 million evro maosh bermoqchi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013
Chelsi Anji hujumchisi Samyuel Eto’Oga taklif bilan chiqdi.
32 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashuvda London klubi vakillari Eto’Oga yiliga 5 million evro maosh berishmoqchi ekanliklarini aytishdi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia nashri.

Eto’O ayni paytda bu taklifni o'rganib chiqmoqda.

Inter esa futbolchiga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. Agar kamerunlik futbolchi bunga ko'nsa yiliga 4 million evro maosh oladi.

Takidlash lozimki, Eto’O Anjida taxminan 20 million evro maosh olardi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru