“Chelsi” YCHLda bunday natijani 8 yil deganda ilk bor qayd etdi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2020
“Chelsi” YCHL 5-turida “Sevilya”ni safarda 4:0 hisobida tor-mor qildi.

Londonliklar YCHLda 2011/12 yilgi mavsumdan beri ilk bor ketma-ket 4 ta o'yinda g'alaba qozondi. Qayd etish joiz, 8 yil oldin “Chelsi”ning g'alabali ceriyasi guruh bosqichida emas, balki pley-offda yuz bergandi. Jamoa o'shanda musobaqaning bosh sovriniga ega chiqqan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta