"Chelsi" de Ligt bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
23 sen 2021, 15:38
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

O'yinchiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

"Ko'klar" de Ligt uchun 120 million evro taklif qilishi mumkin. Niderlandiyalik futbolchi yangi shartnoma borasida kelishuvga erishish qiyin bo'layotgan Antonio Ryudigerga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, de Ligt "Yuventus"ga 2019 yilda "Ayaks"dan deyarli 86 mln evro evaziga o'tgan edi. U joriy mavsum A Seriya doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Mirror