APL. "Arsenal" va "Chelsi" raqiblariga 3 tadan gol urdi, "Aston Villa" esa yana ochko yo'qotdi

Alisher Ostonov
7 fev 2026
Birozdan so'ng APL 25-tur doirasidagi o'yinlar boshlanadi.

Ushbu o'yinlardan so'ng “Arsenal” 56 ochko bilan turnir peshqadami bo'lib turibdi. Undan keyin kelayotgan va ushbu turdagi o'yinini endi o'tkazadigan “Man Siti” 47 ochkoga ega. Undan keyingi o'rinlarni “Aston Villa” (47 ochko), “Manchester Yunayted” (44) va “Chelsi” (43) band etib turibdi.


Koul Palmer birinchi taymning o'zidayoq xet-trik qayd etdi. Angliyalik yarim himoyachi 13 va 35-daqiqalarda penaltini aniq ijro etdi, 38-daqiqada esa o'yindan to'p kiritdi. “Vulverxempton” bunga faqatni Tolu Arokodarening 54-daqiqasidagi goli bilan javob qaytardi.


7 fev 2026, 20:00
Wolverhampton Wanderers — Chelsea
1 – 3
Tugadi



“To'pchilar” ushbu o'yinda yirik g'alabaga erishishdi. Mezbonlarning gollariga Martin Zubimendi va Viktor Gyokeresh (dubl) mualliflik qildi.


7 fev 2026, 20:00
Arsenal — Sunderland
3 – 0
Tugadi



Mehmonlar 22-daqiqada Morgan Rojersning goli evaziga hisobni ochishdi. Mezbonlar bunga Rayanning 55-daqiqadagi aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi. Shu bilan darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi va “Aston Villa” yana ochko yo'qotdi.


7 fev 2026, 20:00
AFC Bournemouth — Aston Villa
1 – 1
Tugadi



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia