"Chelsi" amerikalik darvozabon bilan kelishuvga erishdi

Alisher
12 iyul 2022, 14:30
Londonning "Chelsi" klubi "Chikago Feyr" klubining 18 yoshli darvozaboni Gabriel Slonina bilan og'zaki kelishuvga erishdi.

Ushbu transfer "Chelsi" uchun 10 million evroga tushadi. Amerikalik darvozabon ijara asosida MLSda o'ynashda davom etadi va kelasi yil "Chelsi" safiga kelib qo'shiladi. 

Kelajagi porloq deya qaralayotgan kiperga ko'plab klublar taklif bilan chiqishdi, xususan Madridning "Real" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgandi. 

Ammo, futbolchining o'zi London klubini tanladi.


AlisherMuallif
Manba: Teamtalk.com