Chelsi albaniyalik futbolchini 50 million evroga sotib olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
28 may 2018, 09:40
Napoli qanot himoyachisi Elseid Xyusay hamon Chelsi qiziqishlari doirasida.

Londonliklar jamoaga Mauricio Sarri bosh murabbiy bo'lsa 24 yoshli Albaniya terma jamoasi a'zosini sotib olishadi.

Ikkala qanotda o'ynay oladigan Xyusayning shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. Uning shartnomasida xorij klublari uchun tovon puli 50 million evro deb yozilgan.

Napoli yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Xyusay bilan xayrlashishga tayyor.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net