“Charm to'p-2019” musobaqasi Qashqadaryo viloyat bosqichi yakunlandi

Alisher
17 avg 2019
2019 yil 15-16 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan Nasaf futbol maktabining futbol maydonlarida hamda “Geolog” sport sog'lomlashtirish majmuasining futbol maydonida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan mahalla yoshlari o'rtasida “Charm to'p” ananaviy futbol musobaqasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur “Charm to'p” ananaviy futbol musobaqasida viloyatning tuman (shahar) bosqichlarida g'olib bo'lgan 15 ta jamoalardan 240 nafarga yaqin 18-30 yoshli mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

Musobaqaning birinchi kungi natijalariga ko'ra G'uzor tumanidan tashrif buyurgan “Avg'onbog'” MFY yoshlari faxrli 3-o'rinni egallagan bo'lsalar, musobaqaning hal qiluvchi final yo'llanmasiga Kasbi tumanidan tashrif buyurgan “Oqqamish” MFY yoshlari hamda Koson tumanidan tashrif buyurgan “Navbahor” MFY yoshlar jamoalari ega chiqishdi. 

Musobaqaning final bosqichi joriy yilning 16 avgust kuni Qarshi shahrida joylashgan “Geolog” sport sog'lomlashtirish majmuasining futbol maydonida bayramona tarzda o'tkazildi va faxrli 2-o'rinni Kasbi tumanidan tashrif buyurgan “Oqqamish” MFY jamoasi egallagan bo'lsalar, “Charm to'p” ananaviy futbol musobaqasining viloyat bosqichida Koson tumanining “Navbahor” MFY jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi hamda respublika bosqichiga qatnashish uchun yo'llanmaga ega bo'lishdi.

Yakunda g'olib sovrindor bo'lgan jamoalar diplom, medal, kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar, shuningdek, musobaqa davomida faol ishtirok etgan jamoa a'zolari turli nominaciyalar bo'yicha etirof etildi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia