"Chanchun Yatay" o'yinida Anzur Ismoilovga qizil kartochka ko'rsatildi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017
"Chanchun Yatay" Xitoy chempionatining 22-turida "Yanbyan" klubini qabul qildi.

"Chanchun Yatay" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov bahsni asosiy tarkibda boshladi. 44-daqiqada futbolchimiz qo'pollik ishlatgani tufayli unga hakam tomonidan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi. O'yin 1:1 hisobida o'z yakuniga etdi.

"Chanchun Yatay" - "Yanbyan" 1:1

Gollar: Odion Igalo 86 - Bubakarr Travalli 54.

Chetlatish: Anzur Ismoilov 44.

Xitoy chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia