"Chanchun Yatai" Sven Yoran Eriksson jamoasiga yutqazdi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2015
Xitoy Superligasida 29-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Anzur Ismoilov to'p tepayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z maydonida "Shanxay Ist Eysha"ga qarshi o'ynadi. O'yinda Sven Yoran Eriksson boshqarayotgan "Shanxay" 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu jamoa safida Asamoa Gyan va Dario Konka kabi yulduzlar to'p tepishmoqda. Ismoilov "Chanchun" safida doimgidek to'liq o'ynadi. Mario Tot shogirdlari 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasida borishmoqda.

Klub keyingi o'yinni 31 oktyabr kuni o'z safarda "Guizou Renxe"ga qarshi o'tkazadi.

Xitoy Superligasi
"Chanchun Yatai" - "Shanxay Ist Eysha" 0:2
Gollar:
Vu Lei 45, 67

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia