

Kechagi taqdirlash marosimidan so'ng Abduvohid Ne'matovga eksklyuziv maxsus sovg'asi hisoblangan esdalik albomi topshirildi. Ushbu albom faqat eng yaxshilarga topshirilmoqda. Oldinroq championat.asia talqiniga ko'ra eng yaxshi murabbiy Shota Arveladze, eng yaxshi futbolchi Jaloliddin Masharipov va to'purar Dragan Cheran ham ushbu albomni qabul qilib olgandi. So'nggi laureat yilning eng yaxshi yosh futbolchisi Husayin Norchaev ham tez orada saytimiz tomonidan taqdirlanadi.

"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov bu yilni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. "Nasaf"ni o'z paytida Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, O'tkir Yusupov kabi posbonlar tark etgan bo'lishiga qaramay, klub darvozabondan qiynalib qolmadi. Bu yil esa Abduvohid yarq etib porladi. U bir nechta o'yinlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi, shuningdek "Qo'qon-1912" bilan kechgan bahsda Murod Xolmuhammedovning penaltidan yo'llagan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Ne'matov O'zbekiston milliy terma jamoasida ham debyut qilishga muvaffaq bo'ldi. Ne'matov chempionatda eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabon bo'ldi.
Abduvohid Rahimjon Davronov ("Mashal") va O'tkir Yusupov ("Navbahor") kabi posbonlarni ortda qoldirdi.
Superligadagi statiskasi: 17 o'yin, 1465 daqiqa, 10ta gol o'tkazdi. 12ta quruq o'yin, 1ta penalti qaytardi.




