"Cementchi" jamoasi taqdirlandi (FOTOGALEREYA)

O'zbekiston birinchiligi 2017 yilgi mavsum g'olibi bo'lgan va yangi masumdan Superliga ishtirokchisiga aylangan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi kuni kecha "Shaxzoda" shoxona saroyida mavsum yakuniga va yangi yil bayramiga bag'ishlangan tadbirni o'tkazdi.

Tadbir juda ham ko'taringki kayfiyatda o'tdi. Tadbirda jamoaning barcha futbolchilari, murabbiylari bilan birga bir qator rasmiy insonlar ham ishtirok etdi. Jumladan, Quvasoy shahar hokimi Adxamjon Ziyavitdinov To'xtasinovich, Farg'ona viloyati Futbol Federatsiyasi vice-prezidenti Hakimjon Fayziev, “Neftchi” PFK raisi Toxir Kapadze, Jamoa prezidenti Mo'ysinjon Dadajonovich Mehmonov, jamoa vice-prezidenti Shuxratjon Muxidinov hamda "Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri Abdulhafiz Abdulaziz o'g'li ham ishtirok etdi.

Tadbirga yig'ilganlarni vodiy bulbuli xushovoz xonanda Otabek Muxammadzoxid o'z qo'shiqlari bilan  xushnud etib turdi.



Tadbir davomida katta monitor orqali "Omad studio"si tomonidan tayorlangan “Cementchi” jamoasining mavsum davomidagi eng xayajonli onlaridan iborat  maxsus videorolik namoyish etildi.

Shundan so'ng, shahar hokimi Adxamjon To'xtasinovich va jamoa prezidenti Mo'ysinjon Dadajonovich tomonidan barcha jamoa a'zolariga qimmatbaho sovg'alar bilan birga  O'zbekiston futbol Federatsiyasining medallari va  faxriy yorliqlari topshirildi.

Tadbir so'nggida esa muxlislar, jamoa rahbari va mutaxasislari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga ko'ra jamoaning "Eng yaxshi"lari e'lon qilindi va maxsus kuboklar o'z egalariga topshirildi.


Unga ko'ra o'tgan 2017 yilgi mavsumning "Eng yaxshilari" deb jamoaning quyidagi futbolchilari etirof etildi va taqdirlanishdi.

“Eng yaxshi himoyachi” - Oqilbek Mahmudov
“Eng yaxshi yarim himoyachi” - Maruf Zokirjonov
“Eng yaxshi hujumchi va to'purar” - Abdul Aziz Yusupov
“Eng foydali o'yinchi” – Sunnatilla Ermatov
“Yil kashfiyoti” va yilning “Eng yaxshi o'yinchisi” – Otabek Ahmadjonov  

Tadbrning eng diqqatga sazovor tomoni, so'zga chiqqan jamoa prezidenti Mo'ysinjon Mehmonov jamoa a'zolarining oldiga yangi mavsumda Superligada ham kuchlilar safiga kirish vazifasini qo'ydi!






Shu tariqa jamoa a'zolari yangi mavsum oldidan ajoyib tadbir o'tkazdi va o'z oldiga aniq vazifani belgilab oldi.


"Cementchi" matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov


Manba: championat.asia