"CAFA Nations Cup-2023". Bugun O'zbekiston MTJ Tojikistonga qarshi o'yin o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2023
Bugun O'zbekiston terma jamoasi "CAFA Nations Cup-2023" turniri guruh bosqichi doirasidagi so'nggi o'yinini o'tkazadi.

Mazkur bahsda terma jamoamizga Tojikiston vakillari raqiblik qilishadi. 

O'yin soat 20:30da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. 

Eslatib o'tamiz, bungacha terma jamoamiz O'monni 3:0, Turkmanistonni 2:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, guruh g'olibligini qo'lga kiritgandi. 

Qayd etish lozimki, vakillarimiz bugungi uchrashuv natijasidan qati nazar musobaqa g'olibligi uchun o'yinni 20 iyun kuni "B" guruhi g'olibi Eronga qarshi o'tkazishadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia