Buxorolik muxlislar Vadim Chemirtanga pul yig'ib berishga tayyorlar FOTO

Narzulla Saydullayev
19 dek 2016
Moldovalik Vadim Chemirtan "Buxoro"dan ketishi mumkinligi haqida xabar chiqqandi.

Futbolchining feysbukdagi shaxsiy sahifasiga buxorolik muxlislar turli mazmundagi xabarlarni yozishmoqda. Ularning aksariyati to'purar hujumchining "Buxoro"da qolishini istamoqda. Xatto muxlislardan biri "Agar pul tufayli boshqa klubga o'tayotgan bo'lsang "Buxoro"da qol, pulni o'zimiz yig'ib beramiz" deb ham yozgan. Bazi muxlislar esa Chemirtan OCHLda o'ynash uchun boshqa klubga o'tayotganini taxmin qilishgan.



Oliy liga-2016. Ikkinchi davraning eng foydali transferlari

Vadim Chemirtan "Bunyodkor" bilan og'izaki kelishuvga erishdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia