Buxorodan transfer taqiqi olib tashlandi. Yana beshta klubda taqiq bor

Khoja
10 yanv 2025
26 dekabr O'FA tegishli qo'mitasi 6 klubga transfer taqiqi belgilagandi: Neftchi, Navbahor, So'g'diyona, Dinamo, Buxoro va Aral.

Qo'mitaning bugun - 9 yanvar kuni bergan takroriy xatiga ko'ra, Buxoro futbol maktabi bilan bog'liq qarzdorlikni bartaraf qilgan. Shundan kelib chiqib, klubdan transfer taqiqi echilgan.

Endilikda Liga Buxoro klubining yangi futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl