"Buxoro"da o'ynolmagan Japarov Dushanbe klubiga o'tib ketdi

Gap Raxat Japarov haqida bormoqda.

Turkmanistonlik darvozabon joriy yilning yanvar oyida "Nurafshon" (sobiq "Buxoro") klubi tarkibiga kelib qo'shilgan edi. Biroq, Japarov tajribali Sardor Qobuljonov bilan raqobatda yutqazib qo'ydi. Pro liga bahslarida 1 daqiqa ham o'yin amaliyoti berilmagan posbon O'zbekiston kubogi doirasida 2 uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol o'tkazib yubordi.

"Nurafshon"ning asosiy tarkibidan joy ola bilmagan golkiper yozgi transfer oynasida Tojikiston chempionatiga yo'l oldi. Raxat Japarov ayni paytda Dushanbening SSKA jamoasi vakili hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, SSKA Tojikiston chempionatining ortda qolgan 16 turidan keyin 10 jamoa ichida 7-bo'lib turibdi.


Manba: championat.asia