“Buxoro” yozgi tatilga chiqdi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2017
Xabaringiz bor, kecha “Buxoro” O'zbekiston Kubogi doirasidan o'rin olgan “Lokomotiv”ga qarshi dastlabki uchrashuvini o'tkazdi.

Mazkur bahsdan so'ng jamoa a'zolari yozgi tatilga chiqdi. Ulug'bek Baqoev boshqaruvidagi buxoroliklar endi 11 iyul kuni Toshkentda yig'iladi. Murabbiylar shtabining rejasiga ko'ra, dastlabki yig'in poytaxtda, tog'li xududda o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Ma'lumki, “Buxoro” birinchi davrani 6-o'rinda yakunladi. Murabbiylar ikkinchi davrada ham jamoa ishqibozlarini g'alabalar bilan yanada xursand qilish maqsadida davralar oralig'ida tarkibni mohir ijrochilar bilan kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Shu bois aytish mumkinki, yozgi transfer chog'ida tarkibda o'ziga yarasha bir qator o'tishlar “Buxoro”da ham amalga oshiriladi. Bu haqda kun-ora ma'lumot berib boramiz.

“Buxoro” matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia